
Nokia brendi kutilmagan vaqtda, 3 xil simsiz naushniklarni taqdim etdi. Ular qanday xususiyatga ega?
Hech qanday e'lonlarsiz, Nokia brendi bir vaqtning o'zida uchta yangi simsiz naushniklarni taqdim etdi. Ular orasida to'liq o'lchamli E1200 naushniklari va ikkita juft TWS naushniklar - E3500 va E3200. Ularning har biri turli xil shakl va o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Nokia E3500 10mm drayverlarga ega. Ular ovozni kuchaytirish uchun Qualcomm aptX audio kodekini va telefon qo'ng'iroqlari paytida fon shovqinini kamaytirish uchun Qualcomm cVc (Clear Voice Capture) texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Eshitish vositasidagi tugmalar yordamida faollashtirilgan atrof-muhit rejimi sizning atrofingizni yaxshiroq eshitish imkonini beradi. Google Assistant va Siri ovozli yordamchilarini qo'llab-quvvatlaydi.
Eshitish vositalarining taxminiy batareya muddati 7 soatni tashkil qiladi va qutidagi quvvatni hisobga olgan holda ular 26 soatgacha yetishi mumkin.

Nokia E3200 oldingi modeldan ixcham o'lchamlarda ekanligi farq qiladi. Ular 6mm drayverlarga ega. Atrof-muhit holati va ovozli yordamchilar Google Assistant va Siri qo'llab-quvvatlash funksiyasi mavjut, ammo Qualcomm aptX va Qualcomm cVc, ushbu modelda mavjut emas. Eshitish vositalarining bitta zaryad bilan 5 soatgacha ishlashlari mumkin, ammo qutidagi batareyaning ishlash muddati orqali 17 soatgacha aktive holatda ishlatish mumkin.

To'liq o'lchovli Nokia E1200 40 mm dinamik va 40 soatgacha musiqa tinglashni ta'minlaydigan 500mAh batareyaga ega. Tugatgandan keyin ham, naushniklar 3,5 mm kabel bilan ulanganda ishlashni davom ettiradi. Google Assistant va Apple Siri virtual yordamchilarini qo'llab-quvvatlashi ham aytilgan. Boshqa qurilmalarga ulanish uchun, boshqa taqdim etilgan modellar singari, Bluetooth 5.0 ishlatiladi.
Barcha mahsulotlar savdosi boshlanadigan narxlar va vaqtlar hali e'lon qilinmagan.