reklama
Ishtiyoqmandlar Windows 10ni OnePlus smartfoniga joylashtirdi

Ishtiyoqmandlar Windows 10ni OnePlus smartfoniga joylashtirdi

Windows 10 nafaqat ish stoli kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan bo'lib balki unda - ARM protsessorlariga asoslangan qurilmalar uchun mashhur OS versiyasi ham mavjud. Garchi Windows 10 Android gadjetlari uchun mo'ljallanmagan bo'lsa ham, bu ishtiyoqmandlarni to'xtata olmadi. Ulardan biri allaqachon Windows 10ni o'zining OnePlus 6siga o'rnatgan.

Microsoft Windows 10

Lemon1Ice nomli foydalanuvchi Windows 10ni OnePlus 6da boshqarishga muvaffaq bo'lganligini va o'rnatilgan OS bilan smartfonning suratini chop etganini aytdi. Ishtiyoqmand Lenovo Yoga C630 notebookning drayverlaridan foydalanib sensorli ekranni yoqishga muvaffaq bo'ldi. Endilikda Lemon1Ice Xiaomi Mi Mix 2Sga ish stolini o'rnatishni boshlanganini aytdi.

Evsio0n nomli yana bir ishqibozning aytishicha, u Windows 10ni o'zining Samsung Galaxy S8ga ulashga harakat qilmoqda, lekin u hali ham ish stolini ishga tushira olmagan.

Windows

Windowsni smartfonlarga o'rnatish juda ko'p miqdordagi muammolarga yechim talab qilsada, kelajakda bunday tajribalar o'tkazish jarayoni soddalashtiradi va OSni ko'proq smartfonlarda ishlatish imkoniyati paydo bo'ladi.

Manba: xatakaw Windows.com