reklama
Flagman dizayni bilan Samsung Galaxy A51 ning xususiyatlarini ochib berdi

Flagman dizayni bilan Samsung Galaxy A51 ning xususiyatlarini ochib berdi

Shu oyning boshida Samsung yangi Galaxy A 2020 smartfonining taqdimot kunini e'lon qildi. Shu bilan biralikda, tarmoqda Galaxy A51ning barcha xususiyatlarni aks ettiruvchi  rasmiy video ham paydo bo'di. Galaxy S11 seriyasining flagmanlari uslubida dizaynga ega bo'lish -bu yangi buyumlarning asosiy xususiyatlaridan biri.

Galaxy A51ning eng asosiy jihatlaridan bittasi shuki uning asosiy kamerasi to'rtta sensor datchiklar bilan takomillashtirilgan. Ular smartfon orqa panelining chap tomonidagi chiqadigan to'rtburchak maydonda joylashgan bo'ladi. Sensorlarning barcha to'plami 48 megapikselli asosiy, 12 megapikselli keng burchakli linzalar, 5 megapikselli makro fotosurat uchun sensor va 5 megapikselli chuqurlik sensori bilan ta'minlanadi.

Oldinda o'rnatilgan 32 megapikselli old kamera, press-relizlar bo'yicha, markazga joylashtirilishi kerak. Umuman olganda, kelajakda taqdim etiladigan qurilma Galaxy S11 flagmaniga juda o'xshash.

Samsung Galaxy A51

Yangi Galaxy A51, konfiguratsiyaga qarab 6,5 dyuymli Full HD + AMOLED displey, sakkiz yadroli Exynos 9611 protsessor, 4/6 GB operativ xotira va 64/128 GB ichki xotiraga ega bo'ladi. Qurilmaning barmoq izlari skaneri displeyga birlashtiriladi. O'rnatilgan batareya quvvati 15 vattgacha tez zaryadlash texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydigan 4000 mA / soatni tashkil qiladi. Model SIM-kartalar va microSD xotira kartalari uchun gibrid uyasi bilan jihozlanadi.

Samsung Galaxy A51ning taqdimoti 12-dekabrga rejalashtirilgan. Smartfon to'rt xil: oq, qora, pushti va ko'k ranglarda taqdim etiladi. U bilan birga Galaxy A oilasining boshqa modellarini ham namoyish etish mumkin.

Manba: fonearena.com